Turnir haqida

2020-yil, 16-apreldan 18-aprelqa qadar IT Park Uzbekistan va Adrenaline Rush Uzbekistan O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida «Counter-Strike: Global Offensive» va «FIFA 20» boʻyicha kibersportga bo'yicha onlayn turnir tashkil qilmoqda.

Turnir butun jahonga mashhur FACEIT platformasida, Qozogʻiston Respublikasi serverlarida boʻlib oʻtadi.

Turnirning birinchi kuni «Counter-Strike: Global Offensive» boʻyicha oʻyinlar chorak finalgacha davom etadi, ikkinchi kuni esa bo3 olimpiya tizimi boʻyicha chorak finallardan boshlanadi. Uchinchi kun ishtirokchilarni ikkita Grand final va uchinchi oʻrin uchun ikkita match kutadi.

FIFA matchlari guruhlarga boʻlinadi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soni boʻyicha belgilanadi.

Bundan tashqari, matchlar translatsiyasi IT Parkʼning rasmiy YouTube kanalida tashkil qilib boriladi.

Umumiy sovrin fondi 60 000 000 soʻmdan iborat! Sovrinli oʻrinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

CS:GO uchun
1-o'rin - 25 000 000 so'm
2-o'rin - 15 000 000 so'm
3-o'rin - 10 000 000 so'm

FIFA 20 uchun
1-o'rin - 5 000 000 so'm
2-o'rin - 3 000 000 so'm
3-o'rin - 2 000 000 so'm

Turnir gʻoliblariga sovrinlar jamoa sardori yoki oʻyinchining debet kartasiga pul mablagʻni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oliriladi.

Turnirda respublikamizning qaysi burchagida yashashidan qatʼiy nazar, mutlaqo barcha qatnashishi mumkin. Muhimi, ishtirokchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlsa kifoya.

Turnirning markaziy matchlarini Oʻzbekiston kibersport olamida yaxshi tanilgan ekspertlar: Danil «VATKA» va Sergey «Greed» sharhlab boradilar.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi sanasi: 23:59 14-aprel 2020-yil

Turnirning boshlanish vaqti: 16-aprel 14:00